Tailand politsiyasi mamlakat poytaxti Bangkokda portlash uyushtirgan terrorchi qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Mahalliy OAVning yozishicha, bu Adam Qoratog‘ ismli kimsa ekan. O‘tgan oyda hibsga olingan terrorchining jinoyatga aloqadorligi ko‘plab dalillar bilan isbotlangan.
Eslatib o‘tamiz, avgustda Bangkokning sayyohlik markazida portlash ro‘y bergan va buning oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 200 kishi jarohatlangandi.
Izoh (0)