Rim papasi Fransisk Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin bilan uchrashdi. Churkin ayni paytda tashkilot Xavfsizlik Kengashi raisi vazifasini bajarmoqda, deya xabar berdi “TASS”.
Ushbu muloqotdan avval papa BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, Bosh Assambleyaning 69- va 70-sessiyalari raislari bilan uchrashdi. Shuningdek, xalqaro tashkilot apparati xodimlarini qutladi.
Fransisk BMTning 2030-yilgacha global rivojlanish kun tartibi tasdiqlanadigan sammiti ochilishidan avval Bosh Assambleyada chiqish qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)