Peru prokuraturasi mamlakatning birinchi xonimi Nadin Erediani turmush o‘rtog‘i Olyanta Umalaning prezidentlik kampaniyasini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar o‘zlashtirilishiga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.
Prokuror Eredianing 2006 va 2011-yillar saylovoldi kampaniyalari chog‘idagi o‘zlashtirishlarga daxldorligini tekshirish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Xonimning noqonuniy moliyaviy amaliyotlardagi ishtirokiga oid aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun tergovchilar u imzo chekkan hujjatlarning grafologik ekspertizasini o‘tkazadi.
Izoh (0)