Xitoyda avtobus uch avtomobil bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi. “Segodnya.ua”ning yozishicha, hodisa Xitoy markazidagi Xunan viloyatida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus yarim tirkamali yuk mashinasiga urilib, yonib ketgan. Shundan so‘ng avtobusga yana ikki avtomobil urilgan.
Avariya natijasida 21 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Hozirgi vaqtda yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joyda qutqaruv ishlari olib borilmoqda, politsiya hodisa sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)