Ukraina qozoq o‘rta ta’lim maktablari uchun chiqarilgan ba’zi adabiyotlarda Qrim Rossiya tarkibidagi hudud sifatida ko‘rsatilgani munosabati bilan Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yo‘lladi. Bu haqda “Meduza”ning xabar berishicha, Ukrainaning Qozog‘istondagi muvaqqat ishlar vakili bayonotida so‘z boradi.
Kiyevning fikricha, mazkur axborotning tarqatilishi xalqaro hamjamiyatning nuqtai nazariga ham, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor bildirgan Qozog‘iston rahbariyatining nuqtai nazariga ham ziddir.
Ukraina tomoni “ko‘rsatilgan adabiyotlarni o‘rta maktablardan shoshilinch chaqirib olishda ko‘mak berishni so‘rab” Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi hamda Qozog‘iston Fan va ta’lim vazirligiga murojaat qilgan.
Izoh (0)