Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Buryatiya Respublikasi poytaxti Ulan-Ude shahrida o‘t o‘chirish mashinasi yer tagiga kirib ketdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Chorrahada o‘t o‘chirish mashinasi yo‘lini yengil avtomobil kesib chiqdi, natijada u keskin tormoz berishiga to‘g‘ri keldi. Asfalt mashina og‘irligini ko‘tara olmadi.
Voqea joyiga qutqaruvchilar va yo‘l xizmati xodimlari yetib keldi, ular mashinani og‘ir texnika yordamida yerdan tortib chiqarishga urindi. Favqulodda holat natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)