Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentning amerikalik hamkasbi Barak Obama bilan uchrashuvi rejalashtirilganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Uchrashuv 28-sentabrga belgilangan. Yetakchilarning muzokaralari BMT Bosh assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
O‘sha kuni Putin Bosh assambleyada nutq so‘zlaydi, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, shuningdek Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashadi.
Izoh (0)