Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat aholisiga ish haqining 100 foizi miqdorida mukofot to‘lash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Koreya markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, Koreya mehnat partiyasi tashkil etilganining 70-yilligi munosabati bilan mukofotni harbiylar, ishlovchi fuqarolar, talabalar va nafaqadagilar olishi mumkin. U fuqarolarga “partiyaga sadoqati va sidqidil xizmati uchun” berilmoqda.
Koreya Mehnat partiyasi 1945-yil, 10-oktabrda tashkil etilgan. Mazkur sana KXDRda asosiy davlat bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi.
Izoh (0)