23-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxtining “Prospekt mira” dahasida yangidan bunyod etilgan Moskva jome’ masjidining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Masjidning tantanali ochilish marosimiga Rossiya Federatsiyasi muftiylar kengashining raisi, Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Masjidlar bo‘limi boshlig‘i M.B. Yo‘ldoshev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot kotibi J. Nuriddinov 22-sentabr kuni ertalab Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
Yangidan bunyod etilgan masjid fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlanadi. 111 yil avval qurilgan masjidning yangilangan jome’ masjidi – Rossiyaning Bosh masjidi o‘z eshiklarini poytaxt musulmonlari va mehmonlari uchun ochmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va xorijiy davlatlar rahbarlari ishtirokida Moskva jome’ masjidining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi xabar berilgan edi.
Izoh (0)