“Sharq telekom” shu yilning 17-sentabr kuni internetga bog‘lanishda qiyinchiliklarga duch kelgan abonentlariga kompensatsiya berilishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilingan.
Jismoniy shaxslar uchun kompensatsiya 26 va 27-sentabr kunlari tunda tarmoqqa limitsiz ulanishdan iborat bo‘ladi. Yuridik shaxslar uchun esa ko‘rsatilgan xizmatlar qaytadan hisob-kitob qilinadi. Ushbu hisob-kitob oktabr oyi kvitansiyalarida o‘z aksini topadi.
Izoh (0)