Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 23-fevraldagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Tegishli qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining to‘lagan pul badallari belgilangan tartibda quyidagi holatlarda qaytarib beriladi:
- safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi harbiy xizmatga yaroqsiz deb e’tirof etilganda;
- unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan I yoki II guruh nogironligi berilganda.
Ortiqcha to‘langan, shuningdek, Maxsus hisob raqamiga yanglish o‘tkazilgan pul badallari belgilangan tartibda qaytariladi. Boshqa holatlarda Maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.
Izoh (0)