“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL 2015/2016-yilgi mavsumini xet-trik bilan boshladi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
Shu tariqa, 30 yoshli portugaliyalik Yevropaning eng nufuzli turniridagi gollari sonini 80 taga yetkazib, Chempionlar Ligasi to‘purarlari ro‘yxatida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” yetakchisi Lionel Messi YeChLda 77 ta to‘p kiritgan. Bugun, 16-sentabr kuni “ko‘k-anorranglilar” guruh bosqichining 1-turida “Roma” bilan bahs olib boradi.
Izoh (0)