Manchesterdagi Strangeways qamoqxonasi mahbusi Styuart Xornerni uch kundan beri tomdan tushishga ko‘ndirib bo‘lmayapti. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
O‘z amakisini o‘ldirgani uchun 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Xorner qamoqxona sharoitlaridan norozi ekanligini, shuningdek, tomda 40 kechayu 40 kunduz yashab, shu yo‘l bilan rekord o‘rnatish hamda “qamoqxona tarixini o‘zgartirish” niyatida ekanligini muntazam ravishda baqirib ta’kidlamoqda.
Xornerni pastga tushirishga ko‘ndirib bo‘lmayapti, u qirolicha Viktoriya zamonida qurilgan qamoqxonaning tomlari bo‘ylab yugurib, derazalarni urib, sindirmoqda.
Jazoni o‘tash muassasasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, qamoqxonaga olib boruvchi barcha yo‘llar to‘silgan va mahbus qochib keta olmaydi, qotilni ko‘ngilli ravishda muassasa ichiga qaytishga ko‘ndirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Izoh (0)