AQShning Yuta shtatida ko‘p yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinida olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
O‘t o‘chirish xizmati vakillari xabariga ko‘ra, hodisa 14-sentabr, dushanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Kuchli suv oqimlari ichida kamida 16 kishi bo‘lgan ikkita avtomobilni yo‘ldan surib tashlagan. Ayni paytda qutqaruvchilar uch kishini topdi, qolgan yetti kishini qidirish davom etmoqda. Qurbonlar orasida yosh bolalar ham bor.
Mahalliy sinoptiklar tabiiy ofat kechki va tungi soatlarda davom etishi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)