Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining Qrimga safarini qoraladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Muassasa ularni Ukraina tomonidan o‘rnatilgan yarimorolga kirish qoidalarini buzganlikda aybladi. Ushbu qoidalar bunday tashriflarni Ukraina tomoni bilan kelishishni nazarda tutadi.
Ukraina TIV bayonotida ta’kidlanishicha, Berluskoning xatti-harakatlari “Yevropa ittifoqining Qrimga nisbatan siyosatiga zid kelmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, 11-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimda Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni bilan uchrashgani xabar berilgan edi. Siyosiy arboblar Qrim urushida halok bo‘lgan Sardiniya qirolligi askarlari xotirasi uchun o‘rnatilgan yodgorlik oldida uchrashdi. Keyinroq Berluskoni Putin hamrohligida Qrimda jahondagi eng katta vino kutubxonasining asosiy yerto‘lasiga tushib, vino tatib ko‘rgani xabar qilindi.
Izoh (0)