“YuKOS” sobiq aksiyadorlari Rossiyaga nisbatan da’vo bilan Berlin sudiga murojaat qildi va undan 42 milliard dollar to‘lashni talab etdi, deya xabar bermoqda Meduza Der Spiegel’ga tayanib.
Da’vogarlar Germaniyadagi Rossiya davlat mulki, shuningdek GFRdagi operatsiyalardan pul ishlaydigan Rossiya energetika davlat kompaniyalari hisoblarining xatlanishiga erishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Gaaga arbitraj sudi YuKOSning sobiq aksiyadorlariga 50 milliard dollar tovon to‘lash lozimligi haqida 2014-yil iyulida qaror chiqargan. 2015-yil yanvarida Rossiya tovonni foizlarsiz to‘lashi mumkin bo‘lgan muddat tugadi. Iyunda Yevropa davlatlari sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Rossiya hisoblari va mulklarini hibsga olishni boshladi.
2006-yilda Moskva hakamlar sudi soliq organi arizasi bilan YuKOSni bankrot deb e’lon qilgan, uning asosiy aktivlari “Rosneft”ga o‘tgan edi. YuKOS sobiq aksiyadorlari Gaaga sudiga murojaat qilib, kompaniya majburan tortib olingani uchun tovon puli talab qilgan.
Izoh (0)