Eronning markaziy qismida yirik uran koni topildi. Mamlakat atom energiyasi tashkiloti zaxiralar ko‘lamini aniqlashtirmagan bo‘lsa-da, uning rahbari Ali Akbar Solihiy qazib olish ishlari yaqin orada boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Oldinroq “oltilik” bilan muzokaralar chog‘ida Tehron 15 yil mobaynida uranni 3,67 foizdan oshiq boyitmaslikka rozi bo‘lgan. Bu muddat davomida mamlakatdagi kam boyitilgan uran zaxiralari 300 kilogrammdan oshmasligi lozim.
Izoh (0)