Agar Suriyadagi urush harakatlari davom etsa, mamlakatni yil oxiriga qadar yana bir million kishi tark etadi. Bu haqda BMTning Suriyadagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Yoqub al-Hillo ma’lum qildi. U suriyaliklar uchun xalqaro yordam ko‘lamini kengaytirishga chaqirdi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Mojaroni hal etish choralari ko‘rilmasa, Suriyadan keladigan qochoqlar oqimi hali ko‘p oylar davomida to‘xtamaydi. Yevropadagi muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat esa Ikkinchi jahon urushi yakunlangan paytlarga o‘xshash bo‘ladi”, — deya ogohlantirgan BMT vakili.
Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi urush tufayli 7,6 million kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, 4 million kishi esa mamlakatni tark etgan.
Izoh (0)