Novokuznetskning “Yevraz” kompaniyasi O‘zbekistonga 25 metrli relslar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz”.
O‘zbekistonga yetkazib beriladigan relslar mamlakatning yirik shaharlari — Buxoro va Samarqand o‘rtasidagi yuqori tezlikli harakat uchun mo‘ljallangan. O‘zbekistondagi issiq iqlimni hisobga olganda, ushbu relslar qator xususiyat va afzalliklarga ega.
Relslar ancha yuqori haroratlarda ishlatilishi mumkin. Ularning to‘g‘ri shaklda ekanligi va ishlab chiqarilish sifati poyezdga tezlikni soatiga 200 kilometrgacha oshirish imkonini beradi.
“Yevraz” metallurgiya va xomashyo qazib chiqaruvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, Rossiya, Ukraina, AQSh, Kanada, Chexiya, Italiya, Qozog‘iston va JAR aktivlarini o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)