O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 9-sentabr kuni Shveysariyaning yangi tayinlangan elchisi Shtefan Klyotslini qabul qildi. TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, elchi ishonch yorliqlari nusxasini vazirga topshirgan.
Muloqot davomida O‘zbekiston—Shveysariya munosabatlarining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanishicha, 2014-yilning noyabrida Shveysariya prezidenti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YеXHT) amaldagi raisi Didye Burkxalterning O‘zbekistonga tashrifi hamda Prezident Islom Karimov bilan bo‘lib o‘tgan mufassal muzokaralar oliy darajadagi siyosiy muloqotni mustahkamlash va ikki tomonlama aloqalarga yangi tus berish imkonini yaratdi.
Suhbat chog‘ida muntazam vazirliklararo muloqotlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, parlamentlararo almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish, ikki davlat biznes doirasi vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi. “Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)