Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarni va ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumiga tayyorlash ishlarini yakunlash hamda hududlarning sanitar holatini yaxshilash va xazonrezgi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 10-sentabrdan 10-oktabrgacha safarbarlik e’lon qilindi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent. Foto: uzbek-travel.com

Toshkent. Foto: uzbek-travel.com

Shahar hokimining 8-sentabrdagi farmoyishiga muvofiq, ko‘p qavatli uy-joy fondi hamda ijtimoiy soha obyektlari holati yana bir marotaba o‘rganilib, aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida aniqlangan kamchilik va muammolarni joriy yilning 10-oktabrga qadar yakunlash belgilandi.

Xabar berishlaricha, ko‘p qavatli uy-joylarning tom va yerto‘la qismlari, kirish yo‘laklari holati, ijtimoiy soha muassasalarida issiqlikni saqlash bo‘yicha ahvol jamoatchilik komissiyalari tomonidan joyida ko‘rib chiqilib, jamoatchilik dalolatnomalari rasmiylashtiriladi.

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qish mavsumining betalofat o‘tishida iste’molchilarning ko‘rsatilgan xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashlari muhim ahamiyatga ega”, — deyiladi shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarnomada.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi