2015-yil 10-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 02:03 da Afg‘oniston hududida yer qimirladi. Bu haqda “Toshkent” seysmik stansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Zilzila epitsentri Toshkentdan janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘ylab 558 km uzoqlikda joylashgan. Yer qimirlashi magnitudasi 5,7 bo‘lganligi xabar qilindi.
Seysmik stansiyaning qayd etishicha, O‘zbekiston shaharlaridan yer silkinishi sezilgani haqida xabarlar kelib tushmagan.
Izoh (0)