Aloqa nuqtasi tushunchasi bugun marketing uchun yangilik emas. Bugungi raqobat qat’iyligi kuchaygan biznes olib borish mavqei yanada oshgan kunda u bizning bozorda ham yanada aktuallashib bormoqda. Unga kam e’tibor berish yaxshilikka olib kelmaydi, axir touch points, ya’ni eng yaqin mijozlaringizni jalb qilish va ushlab qolishda hal qiluvchi rol o‘ynab qolishi mumkin.
Eslatib o‘tish joizki, aloqa nuqtasi bu mijozning kompaniya bilan bo‘lgan har qanday aloqa nuqtasidir, toki u vizitka, taklifnoma, taklif, ofis, ofis peshtaxtasi, tijoriy mahsulot. Hatto alohida xodimlarning ham mijoz bilan aloqa nuqtasi bo‘ladi. Bu ularning tabassumi, ko‘rkam ko‘rinishi, beydjigi, muomala va muloqot uslubi va boshqa ko‘plab omillar. Bularning hammasi birgalikda sizning kompaniyangizning daromadi, manfaati, foydasi va imidji borasida katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har qanday aloqa “nuqta”sidan keyin mijoz o‘zicha hal qiladi, ya’ni siz bilan ishlaydimi yoki yo‘q, siz bilan qoladimi yoki raqiblarga qarab ketadimi, boshqa bo‘lg‘usi xaridorlarga tavsiya qiladimi yoki o‘z o‘rtoqlariga sizdan shikoyat qiladimi.
Shuning uchun biznesingiz taraqqiyotiga aloqa nuqtasining ta’siri juda katta. O‘rtacha kompaniyada ham bu kabi nuqtalar o‘nlab topiladi va ularning amaliyotga kiritilishi sezilarli foyda keltirishi mumkin.
Scandinavian Airlines’ning sobiq boshlig‘i Yan Karlzon bir safar shunday degan edi: “Biz nimanidir 100% ga yaxshi qilishga urinmaymiz. Biz minglab narsalarni 1% ga yaxshilashni xohlaymiz”. 22 oy davomida Yan Karlzon qiyinchilik sezib turgan aviakompaniyani o‘z sohasidagi eng yaxshilardan biriga aylantirdi! Buning hammasiga u o‘z mijozlari bilan aloqa nuqtalarini yaxshilash orqali erishdi.
Biz shundan mamnunmizki, hamma xohlovchilar ushbu mavzuni Dmitriy Turusinning 14-oktabrda o‘tadigan “Aloqa nuqtasi — oqdan qora belbog‘gacha” mualliflik biznes treningida bevosita amalda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dmitriy Turusin tajribali spiker va biznes trener, Enter kompaniyasining marketing bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, Edinburg Napier Universitetining “Marketing” bo‘yicha Davlat mutaxassislarni Boshqaruv Universitetini “Biznes-menejment” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. 2010-yildan buyon biznes taraqqiyotining aloqa nuqtalari orqali ta’sirchanligini oshirish mavzusida ish olib bormoqda. U 4 marta qayta nashr qilingan “Tochki kontakta. Rabochaya tetrad dlya uluchsheniya marketinga” bestselleri mualliflaridan biri. 2012-yildan buyon Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Ufa, Surgut, Nijniy Novgorod, Samara, Yaroslavl, Irkutsk, Ijevsk, Tyumen va Krasnodar kabi ko‘plab shaharlarda ochiq treninglar olib boradi.
Ushbu trening uning qatnashchilariga o‘z kompaniyasining qaysi nuqtalari muhimligini, bu nuqta qanday ta’sir qilishini tushunib, bilib olishiga va qaysi algoritmlar orqali ularni yaxshilashni aniqlab beradi.
Dastur materiallari eshituvchilar o‘zlashtirishi oson bo‘lishi uchun besh qism yoki jangovarlik san’atidagidek besh belbog‘ga bo‘lingan. Qatnashchilar har bosqich oxirida amaliy mashqlarni bajarib borib o‘z biznesidagi navbatdagi aloqa nuqtalarini egallab yangi belbog‘ olishadi va keyingi mavqega o‘tadi. Trening oxirida har bir qatnashchi mavzuni usta darajasida egallaydida, usta singgari “Qora belbog‘” sohibi bo‘ladi.
Trening ushbu mavzularni o‘z ichiga oladi:
- Aloqa nuqtasi nima?
- U bilan qanday ishlash kerak?
- Aloqa nuqtalarini qanday yaxshilash kerak?
- Qanday qilib asosiy aloqa nuqtalarini “WOW” aloqa nuqtalariga aylantirish kerak?
- Asl ustalikka yo‘l.
- Aloqa nuqtasi – bu marketingning yangi quroli, sizning raqiblaringiz hali anchagacha unga yetib borolmaydi, borganda ham siz qadar ustalarcha uni qo‘llashni o‘rgana olmaydi.
- Siz o‘z aloqa nuqtalaringizni tizimli qo‘llashdan tez amaliy natija olasiz (Amalda tekshirilgan).
- Nuqtalar mavzusini o‘zlashtirish oson, buning uchun marketing sohasi bo‘yicha shartli ma’lumot talab qilinmaydi.
- Trening oxirida siz tayyor tizimga ega bo‘lib, o‘z kompaniyangizdagi aloqa nuqtalarini mustaqil ravishda qo‘llash orqali ertasigayoq aloqalaringizni yaxshilashga erishasiz.
- Trening amaliy uquvlarni o‘stirishga qaratilgan bo‘lib minimal sanoqli nazariyani o‘z ichiga oladi.
- Trening davomida ko‘plab ilhom beradigan misollar ko‘rib chiqiladi va siz o‘z biznesingiz uchun ko‘plab kafolatli g‘oyalarga ega bo‘lasiz.
- Siz o‘z biznesingiz imkoniyatlariga, taraqqiyotiga yangi ko‘z bilan qarash va imkoniyat topishni o‘rganasiz.
- Siz aloqa nuqtalari bilan ishlashni trening davomidayoq ishchi daftarni to‘ldirish bilan boshlaysiz. Hamma mashqlarni o‘z kompaniyangiz misollarida bajarasiz.
- Trening o‘qishning eng ta’sirchan shakli. Agar siz aloqa nuqtalarini yaxshilashdan tezlikda ko‘zga ko‘rinarli natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, bu siz uchun eng yaxshi imkoniyat.
- Sizda kofe breyk davomida o‘z kompaniyangiz aloqa nuqtalari to‘g‘risida bevosita trenerdan tavsiyalar olish imkoniyati bo‘ladi. O‘zingiz bilan o‘z marketing materiallaringizni, ofisingiz rasmini, saytingiz skrinshotlarini olib keling.