Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida bo‘lib o‘tayotgan Russia Arms Expo (RAE-2015) qurol-yarog‘ ko‘rgazmasiga dunyoning 65 mamlakati, jumladan, Eron, Fransiya, Germaniya, Polsha, Ukraina, AQSh, Kanada, Xitoy, Hindiston va Koreyadan delegatsiyalar tashrif buyurdi. Mehmonlar orasida Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Tailand mudofaa vazirlari bor. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ko‘rgazmada Rossiyaning qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi barcha yirik kompaniyalari ishtirok etmoqda. Sohadagi yangiliklar, xususan, “Armata” platformasidagi tank va BMP, arab mamlakatlari uchun moslashtirilgan T-90 tanki kelganlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)