Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker 160 ming nafar muhojirni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bo‘ylab taqsimlash rejasini e’lon qildi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
“Bugun biz Gretsiya, Vengriya va Italiyadagi 120 ming odamni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi favqulodda mexanizmni taklif qilamiz. Bu majburiy tartibda bajarilishi kerak”, — dedi Yunker. Bu muhojirlarni taqsimlash bo‘yicha avvalgi rejada aytilgan 40 minglik ko‘rsatkichga qo‘shimchadir.
Yevrokomissiya rahbari Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarni 14-sentabr, dushanba kuni qochoqlarni ko‘chirish bo‘yicha ilgari surilgan mazkur taklifni qabul qilishga chorladi.
Yunkerning qayd etishicha, qochoqlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish bilan barcha muammolar hal bo‘lmaydi, “shu sababli xavfsiz mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilinadi”.
“Yevropa Kengashi tomonidan Kopengagen tamoyillarining asosiy qismini bajargan deb topilgan barcha mamlakatlar, ya’ni Bolqon g‘arbidagi barcha mamlakatlar xavfsizlik mamlakatlar, deb hisoblanadi. Biroq xavfsizlik mamlakatlar ro‘yxati mazkur mamlakatlarning fuqarolarini boshpana olish huquqidan mahrum etmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi.