Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Shimoliy Koreyaning Yonbendagi yadro ilmiy-tadqiqot markazida keng ko‘lamdagi qurilish ishlari olib borilayotganini qayd etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu jarayon, asosan, sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar asosida kuzatilayotganini ta’kidlagan agentlik rahbari Yukiya Amano xalqaro inspektorlar KXDRga 6 yildan beri kiritilmayotganini eslatib, Pxenyanni yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga qaytish hamda tashkilot bilan bahsli mаsalalarni hal etishda hamkorlikka chaqirdi.
Izoh (0)