7-sentabr, dushanba kuni Avstraliyadagi Brisben aeroporti yo‘lovchilari tutun hidi tarqalgani tufayli evakuatsiya qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Airlive internet-portalining ma’lum qilishicha, tutun hidi aeroportning oshxona qismidan chiqqan. Ayni paytda vaziyat ishga tushgan va aeroport odatiy ish tartibiga qaytmoqda.
Mazkur hodisa sabablari aniqlanmoqda, mahalliy rasmiylar bu holatga hali izoh bergani yo‘q.
Izoh (0)