Qarag‘anda—Balxash trassasida halokatli yo‘l-transport hodisasini sodir etgan qarag‘andalik haydovchi shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Kelin va kuyov bo‘lgan avtomobilni haydab kelayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida mashina ag‘darilib ketgan. Uning aybi bilan Yo‘l-patrul politsiyasida xizmat qiluvchi kuyov vafot etgan. Kelin va yana bir boshqa yo‘lovchi jarohatlangan.
Kelinning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi avtomobilni juda yuqori — soatiga taxminan 120 kilometr tezlikda haydab borgan. Fojiagacha kelin hatto haydovchiga tanbeh ham bergan, ammo kuyov kelinni tinchlantirib, bezovta bo‘lmaslikni so‘ragan.
Haydovchi shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi. “Qoidabuzar haydovchi vafot etgan kuyovning qarindoshlariga tovon to‘lab bergani va jabrlangan tomonning sudlanuvchiga nisbatan qattiq jazo bermaslik haqidagi iltimosi sabab, yengil jazo oldi”, — deyiladi “Nur.kz” xabarida.
Izoh (0)