Kanadalik Ejeni Bushar kiyim yechish xonasida yiqilib tushishi natijasida boshidan shikastlangani tufayli Tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionati (US Open) da juftlik va mikst bahslarida qatnashishdan bosh tortdi va yakkalik musobaqalaridan ham chetlashtirilishi mumkin, deya xabar bermoqda USA Today.
Bushar polda toyib, boshi bilan yiqilgach, miyasi chayqalib lat yegan edi.
Yakkalik bahslarida qatnashish-qatnashmaslik haqidagi qarorni kanadalik tennischi italiyalik Roberta Vinchi bilan uchrashuv oldidan o‘tkaziladigan qo‘shimcha tekshiruvdan so‘ng chiqaradi.
Izoh (0)