Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 5-sentabr, shanba kuni shotland xalq festivali — Xaylend o‘yinlariga tashrif buyurdi. “TASS” xabariga ko‘ra, 1848-yildan beri mazkur tadbirda Britaniyaning barcha monarxlari an’anaviy tarzda mehmon bo‘ladi.
Turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filip, shuningdek, o‘g‘li, valiahd shahzoda Charlz hamrohligi Xaylend o‘yinlariga tashrif buyurgan qirolicha, nayza uloqtirish va arqon tortish bo‘yicha musobaqalarning ishtirokchilarini olqishlash maqsadida, minglab tomoshabinlar safiga qo‘shildi.
Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib bundan 167 yil avval qirolicha Viktoriya Xaylend o‘yinlarida mehmon bo‘lgan.
Izoh (0)