Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II insoniyat tarixidagi eng buyuk monarxlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egalladi, u ushbu pog‘onani Rossiya imperatori Aleksandr II va Napoleon bilan bo‘lishib oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Britaniyaning Mualliflar assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan reytingda Angliya va Irlandiya qirolichasi Yelizaveta I (1533—1603-yillar) yetakchilik qildi. Iskandar Zulqarnayn ikkinchi, Fransiya qiroli Genrix II Valua uchinchi, Rim imperatori Oktavian Avgust, Britaniya qirolichasi Viktoriya va Angliya inqilobi yetakchisi Oliver Kromvel to‘rtinchi o‘rinni band qildi.
Beshinchi o‘rinni bir yo‘la 17 monarx bo‘lishib oldi. Ular orasida Napoleon Bonapart, Yelizaveta II, Rossiya imperatori Aleksandr II, shuningdek, Usmoniylar imperiyasi sultoni Sulaymon I bor.
Izoh (0)