O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyadagi xalqaro turnir doirasidagi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Dastlabki uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklarini 1:0 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi o‘yinda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekistonning yagona golini zaxiradan maydonga tushgan Zabihullo O‘rinboyev kiritdi.
Ushbu xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiya hamda Iordaniya olimpiya terma jamoalari bilan ham o‘yin o‘tkazadi.
Izoh (0)