• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy ta’lim vazirligi O‘zbekiston OTMlarida kontrakt asosida o‘qitish qiymati oshirilganiga izoh berdi

    2015-yilning 1-sentabridan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarining 15 foizga oshganligi sababli O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar va ularning ota-onalariga sharh berdi. Sharh matni vazirlik saytida e’lon qilingan.

    Foto: uz24.uz

    Foto: uz24.uz

    O‘zbekistonda joriy etilgan oliy ta’lim tizimiga muvofiq, test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ballar to‘plagan talabalar davlat granti bo‘yicha bepul (o‘qishga qabul qilinganlarning o‘rtacha 33 foizi) o‘qiydi. O‘z navbatida, qabul kvotalari doirasida “o‘tish” ballarini to‘plagan talabalar esa, ularni o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplashni nazarda tutuvchi to‘lov-kontrakt shakli asosida ta’lim oladi.

    Shu bilan birga talabalarga, ularning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishidan qat’i nazar, har oyda stipendiya to‘lab boriladi. “Ko‘rsatib o‘tish joizki, xorijiy davlatlarda talabalarga har oylik stipendiyalar to‘lanmaydi”, — deyiladi vazirlik sharhida.

    Hozirgi vaqtda stipendiyaning o‘rtacha oylik miqdori 300 ming so‘mni yoki yiliga 3,6 million so‘mni tashkil etadi va u o‘qitish qiymati kontrakt miqdoriga to‘liq kiritiladi. Bunda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining 40—60 foizini stipendiya tashkil etadi, ya’ni talabaga o‘zi tomonidan o‘qish uchun to‘langan mablag‘ning taxminan yarmi o‘quv yili davomida oylik stipendiya ko‘rinishida qaytariladi. Bu mexanizm talabalarning o‘qishiga ziyon keltirgan holda pul ishlashga vaqt sarflamasdan, butun diqqat-e’tiborlarini ta’lim olishga qaratishlariga imkon yaratadi.

    “Yuqoridagilarga asosan yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini indeksatsiya qilishda, asosiy omil sifatida, o‘tgan o‘quv yilida stipendiya va o‘qituvchilarning ish haqi miqdorlarining 23,2 foizga, to‘lov-kontrakt miqdorlarining esa atigi 10 foizga oshganligi, aniqrog‘i oliy ta’lim muassasalari xarajatlari ularning tushumlaridan tezroq o‘sganligi inobatga olindi”, — deb yozadi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

    Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt miqdorini 15 foizga oshirishda 2015-yilning 1-sentabridan stipendiyalar va o‘qituvchilarning ish haqi miqdorini 10 foizga oshirilganligini qoplash lozimligi, aks holda, yangi o‘quv yilining yakuniga kelib, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli xarajatlar uchun mablag‘lar yetishmovchiligi kelib chiqishi ham hisobga olindi.

    Jumladan, joriy yilning 1-sentabridan to‘lov-kontrakt qiymati bir talabani o‘qitish uchun kelib chiqadigan xarajatlar tanlangan ta’lim yo‘nalishi xarajatlaridan kelib chiqib, 5,8 million so‘mdan 8,5 million so‘mgacha miqdorda belgilandi. Masalan, “Pedagogika” yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori 5,8 million so‘mni tashkil etgani holda, moddiy-texnik va laboratoriya bazasi hamda pedagogik stavkalar soniga (o‘qituvchilarga) talab yuqori bo‘lgan “Sog‘liqni saqlash” yo‘nalishida 7,65 million so‘mni tashkil etadi.

    “Shuni alohida ta’kidlash lozimki, talabaga to‘lanayotgan stipendiyani hisobga olmagan holdagi o‘qitish uchun to‘lovning xaqiqiy miqdori 2,2—4,9 million so‘mni yoki 850-1900 dollarni tashkil etmoqda, bu esa Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari, ayniqsa, uzoq xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish qiymatidan bir necha bor pastdir”, — deyiladi sharhda.

    Yana ta’kidlash lozimki, kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan to‘lovlar oliy ta’lim muassasalari joriy xarajatlarining faqat ma’lum bir qismini qoplaydi, qachonki, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish, zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va mebellar bilan jihozlash, kutubxona fondini to‘ldirish va boshqa xarajatlarning 90 foizidan oshig‘i davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

    “Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan tasdiqlagan oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish Dasturi doirasida 2011—2014-yillar davomida oliy ta’lim muassasalari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda ularni jihozlash ishlari uchun Davlat budjeti hisobidan 504,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada, 21 ta oliy ta’lim muassasasida 105 ta obyekt yangidan foydalanishga topshirildi, jumladan, jami 43 ming o‘quv o‘rniga ega bo‘lgan 55 ta o‘quv binosi, 9 ming o‘ringa ega bo‘lgan 33 ta talabalar turar-joyi, 13 ta sport inshooti va boshqa infratuzilma obyektlari shular jumlasidandir”, — deb yozadi vazirlik.

    Foydalanishga topshirilgan barcha obyektlar mebel va inventarlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan. 2015-yilda esa, mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan 312,4 milliard so‘m mablag‘ ajratildi, bu o‘z navbatida, 15 ta oliy ta’lim muassasasida yana 45 ta yangi obyektni foydalanishga topshirish imkonini beradi.

    “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni va ularning ota-onalarini qiziqtirgan barcha savollarga, shu jumladan, o‘qish uchun to‘lov shakli, talabalar va ularning ota-onalari tomonidan ta’lim olish uchun ish xaqidan yo‘naltiriladigan mablag‘larga qo‘llaniladigan imtiyoz va yengilliklar qo‘llash tartibiga taalluqli, shuningdek, ta’lim krediti va boshqa savollarga yozma shaklda hamda davlat interaktiv xizmatlari orqali javob berishga tayyorligini ma’lum qiladi”, — deya qo‘shimcha qilingan vazirlik sharhida.

    02.09.2015, 15:57   Izoh (0)   11811
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2,6 ming so‘mdan oshdi

    02.09.2015, 14:41

    Jahon tillari universitetida qurilish ishlari davom etmoqda (fotogalereya)

    02.09.2015, 14:38

    O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov va Yodgor Sa’diyev Toshkent shahridagi Inha universitetida mehmon bo‘ldi

    02.09.2015, 14:26

    Hyundai O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqidagi xabar rad etildi

    02.09.2015, 13:31

    O‘zbekistonda tovuq panjalari va suxarini eksport qilishga ruxsat berildi

    02.09.2015, 09:44

    Fayzulla Mullajonov dunyo markaziy banklari rahbarlari reytingida yuqoriladi

    02.09.2015, 09:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Zelenskiyga muzokaralarda Ukraina hududini muhokama qilmaslikka va’da berdi

    Dunyo | 14 avgust, 15:20

    Rossiya yadroviy kallak tashuvchi qanotli raketani sinovdan o‘tkazadi

    Dunyo | 14 avgust, 15:05

    O‘zbekiston nega AQSHdan paxta import qilmoqchi?

    O‘zbekiston | 14 avgust, 14:58

    Avstriyada jarroh 12 yoshli qiziga bemor bosh suyagini teshtirdi

    Dunyo | 14 avgust, 14:40

    Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    Madaniyat | 14 avgust, 14:25

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    Dunyo | 14 avgust, 14:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.