O‘zbekiston Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonov AQShning Global Finance jurnali tomonidan tuziladigan dunyo markaziy banklarining eng yaxshi rahbarlari reytingida yuqoriladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekiston Markaziy banki rahbari “C-” reytingiga ega bo‘ldi, o‘tgan yili unga “D” darajasi berilgan edi.
Global Finance markaziy banklar rahbarlari reytingini 1994-yildan buyon tuzib keladi, unga qariyb 75 ta davlat kiritiladi.
Bu yil eng yaxshi — “A” reytingini Chexiya, Hindiston, Isroil, Malayziya, Paragvay, Peru, Filippin, Tayvan va Yevropa markaziy banklari rahbarlari qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)