O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 24-avgust kuni “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Unga ko‘ra, 2015-yil 1-sentabridan tovuq panjalarini, shuningdek, o‘zi ishlab chiqargan suxari, qovurilgan burda non va shunga o‘xshash qovurilgan mahsulotlarni eksport qilishga ruxsat berildi.
Hujjat eksport tovarlar hajmi va nomenklaturasini yanada kengaytirish, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.
Izoh (0)