2015-yilning 25—27-avgust kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari vakolatli ekspertlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Tomonlar 2004-yil 24-iyulda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi Davlat chegarasidan o‘tish punktlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra yakuniy protokol imzolandi.
Muzokaralar doirasida Qirg‘iziston delegatsiyasi boshlig‘i, Qirg‘iziston Respublikasi TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Batirkan Sirgabayev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomon hamkorligi masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Izoh (0)