Farg‘onada 25-avgust kuni CANTON Fair yirik ko‘rgazma-yarmarkasining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. UzDaily xabariga ko‘ra, taqdimotda 50 dan ortiq mahalliy tadbirkor qatnashgan.
CANTON yarmarkasining 2015-yil bahorda tashkil etilgan 117-sessiyasida jahonning 216 mamlakatidan 184,8 ming professional xaridor ishtirok etgan bo‘lib, ularning 789 nafari O‘zbekistondan edi.
CANTON Fair’ning har bir sessiyasi Xitoy va chet elning 150 mingdan ortiq sifatli mahsulotlarini, shuningdek, 24 mingdan ortiq xalqaro eksponentlarni jamlaydi.
Ma’lumot uchun, CANTON yarmarkasining 118-sessiyasi 2015-yilning 15—19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)