O‘zbekiston mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida zamonaviy dehqon bozori foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Butunlay qayta rekonstruksiya qilingan dehqon bozorida go‘sht, sut, baliq mahsulotlari pavilyonlari, oziq-ovqat, quruq meva, non, hunarmandlik buyumlari do‘konlari tashkil etildi. Yangi rastalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini saqlagan holda sotish uchun barcha qulaylik yaratilgan.
Bozorning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.
Izoh (0)