AQSh Moliya vazirligi 27-avgust, payshanba kuni 36 ta kubalik tashkilot, 21 nafar jismoniy shaxs va uchta kemani sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan kompaniya va kemalarning endilikda faoliyat yuritmayotganligi aniqlangach, ular sanksiyalar ro‘yxatidan o‘chirildi.
Jismoniy shaxslar esa qora ro‘yxatdagi tashkilotlar bilan ortiq hamkorlik qilmayotganligi sababli sanksiyadan chiqarildi.
Ta’kidlanishicha, sanksiyadan istisno qilingan kompaniyalarning ko‘pchiligi Panamada ro‘yxatga olingan.
Izoh (0)