Yaponiyadagi yakudza uyushgan jinoiy sindikatning eng yirik guruhi “Yamaguti-gumi” o‘nta yangi bo‘linmalarga ajralib ketdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”. Politsiya ta’sir sohasi uchun ular o‘rtasida urush boshlanishidan xavfsiramoqda.
Ajralib chiqqan guruhlar yangi tashkilotni shakllantirishi taxmin qilinmoqda.
1985-yilda “Yamaguti-gumi”dan yirik guruh ajralib chiqqanida, uch yuztalab to‘qnashuvlardan iborat urush bo‘lib o‘tgan edi, natijada ko‘plab qurbonlar bo‘lgan.
Izoh (0)