Gretsiya Oliy sudi raisi Vasilika Tanu-Xristofilu mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va unga prezident Prokopis Pavlopulos tomonidan muvaqqat hukumatni shakllantirish topshirildi. U bunday lavozimga munosib ko‘rilgan Gretsiya tarixidagi birinchi ayol bo‘ldi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatning sobiq bosh vaziri Aleksis Sipras muddatdan avvalgi parlament saylovlarida ishtirok etish uchun iste’fo bergan edi. Bu saylovlar 20 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)