Futbol bo‘yicha Braziliya kubogi nimchorak final uchrashuvida “Palmeyras” (San-Paulu) hujumchisi Dudu “Kruzeyro” (Belu-Orizonti) bosh murabbiyi Vanderley Lushemburgoning qo‘lini sindirib qo‘ydi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Vaziyatlarning birida futbolchi to‘p uchun kurashda maydondan tashqariga chiqib ketdi va raqibga qarshi kurash vaqtida tasodifan murabbiyga urildi. To‘qnashuv oqibatida Lushemburgo maydonga quladi va qo‘l panjasini sindirib oldi.
San-Pauludagi stadionda o‘tgan o‘yin 2:1 hisobida “Palmeyras” g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. San-Paulu klubi ishqibozlari Lushemburgoning qo‘li singan vaziyatni qarsaklar bilan kutib oldi, chunki 63 yoshli mutaxassis o‘z vaqtida “Palmeyras”da ishlagan va jamoani 2009-yili katta janjal bilan tark etgandi.
Izoh (0)