Qrimga tashrif buyurgan amerikalik bokschi Roy Jons Ukrainaning qora ro‘yxatiga tushdi va endi Ukrainaga kira olmaydi. Bu haqda, “Echo.msk.ru” xabariga ko‘ra, Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko ma’lum qilgan.
Gerashchenkoning Facebook’da yozishicha, taniqli sportchi Qrimga, “aftidan, uncha katta bo‘lmagan pul evaziga taklif etilgan” va u oxir-oqibat davlat chegarasini buzib o‘tgan shaxsga aylangan.
Rasmiy Kiyev Qrimni Rossiya tomonidan bosib olingan hudud deb hisoblaydi va Ukrainadan beruxsat bu yerga borgan chet elliklarni davlat chegarasini buzuvchilar sifatida ko‘radi.
Qayd etish joiz, Roy Jons Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, rus pasportini olmoqchi ekanligini aytgandi.
Izoh (0)