Shveysariya huquqni muhofaza etish idoralari Xalqaro futbol federatsiyasida (FIFA) korrupsiya holatlarini tekshirishda qator to‘sqinliklarga duch kelmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy muammo Shveysariya tomonining amerikalik hamkasblari bilan hamkorlik darajasi pasayganidan iborat. Shuningdek, mamlakat qonunchiligi mahalliy prokurorlarga o‘z davlatlari hududida to‘laqonli ish yuritishga imkon bermayapti. Bu muammolar AQSh va Shveysariya tergov idoralarining “FIFA ishi”dagi faoliyatni birlashtirish harakatlari muvaffaqiyatsiz yakunlanishidan dalolat bermoqda.
Hozircha ikki tomon ham mazkur xabarni sharhlamaslikni ma’qul ko‘rdi.
Izoh (0)