Qozog‘istonning Semey shahri hokimi Yermak Salimov shahardagi jamoat transporti ishini tekshirish chog‘ida bekatda avtobusni naq bir soat kutib qoldi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
“VKontakte” foydalanuvchilari xabarlariga ko‘ra, hokim 19-avgust kuni tushlik vaqtida maslahat kotibi bilan yo‘lovchi tashish grafigiga rioya etilishini tekshirgan. 45-raqamli yo‘nalishning o‘zigina bir soat kuttirgan. Foydalanuvchi jamoat transporti sifati bo‘yicha o‘z fikrini hokimga bildirganini ma’lum qildi. “Uning ishlash uslubi boshqalardan ancha farq qiladi. Xalq bilan hamjihat bo‘lish kerak”, — deb yozdi u.
Izoh (0)