Moskva markazida 2015-yil fevralida o‘ldirib ketilgan rossiyalik muxolifat arbobi Boris Nemsovning qizi Janna Nemsova tergovchilarning Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni so‘roqqa tutishdan bosh tortgani ustidan shikoyat qildi. Bu haqda “Echo.msk.ru” xabar bermoqda.
Advokat Vadim Proxorovning so‘zlariga ko‘ra, marhum Nemsovning qarindoshlari suddan Tergov qo‘mitasi mas’ul shaxslarining harakatsizligini noqonuniy, deb topishni so‘ramoqda.
Boris Nemsovning yaqinlari fikricha, Rossiya Tergov qo‘mitasi mas’ullari qotillik tashkilotchilari va buyurtmachilarini aniqlashdan qochmoqda.
Izoh (0)