AQSh hukumati Tojikistonning iyul oyida tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan fuqarolariga 50 ming dollarlik gumanitar yordam taqdim etdi, deya xabar bermoqda Asia-Plus Amerikaning Dushanbedagi diplomatik vakolatxonasiga tayanib.
Ushbu ko‘mak AQShning Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentligi (USAID) va Rahm-shafqat korpusi tomonidan berildi. U Bedak, Xalkarf, Pingon va Mazori bolo qishloqlari aholisi uchun mo‘ljallangan chodirlar, tibbiyot aptechkalari, suv va boshqa eng muhim buyumlarni o‘z ichiga oladi.
Yordam Tojikiston hukumatining tegishli so‘rovidan so‘ng jo‘natildi.
Izoh (0)