Rossiya prezidenti Vladimir Putin batiskafda Qrim sohili yaqinida Qora dengiz tubiga tushdi. Apparatni Rossiya geografiya jamiyatining suvosti tadqiqotlari markazi ijrochi direktori, 26 yoshli Sergey Fokin boshqardi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Life News telekanalining ma’lum qilishicha, davlat rahbari X-XI asrlarda cho‘kib ketgan kemalarni ko‘zdan kechirgan. Bu Putinning suv ostiga birinchi sayohati emas: u 2009-yilda Baykal ko‘liga, 2011-yili esa Taman ko‘rfazi tubiga tushgandi.
Izoh (0)