Ruminiyaning sobiq prezidenti Trayan Besesku Ruminiya va Moldovani birlashtirish yuzasidan referendum o‘tkazish vaqti keldi, deb hisoblamoqda. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” ma’lum qildi.
“Parlament va hukumatga ushbu masalani taqdim etish hamda ikkala mamlakatda ham referendumga hozirlik ko‘rish vaqti yetdi, —deya ta’kidlaydi Besesku. —Bu Moldova uchun Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish imkoniyatidir. Mamlakat shu orqali o‘tish davri qiyinchiliklaridan o‘zini asrashi va Rossiya hamda Ukrainaga tobelikdan qutulishi mumkin”.
Sobiq prezidentning aytishicha, 2005 yilda Moldovaning atigi 2 % aholisi davlatlarni birlashtirish g‘oyasini ma’qullagan bo‘lsa, 2012 yilga kelib bu ko‘rsatkich 38 foizga yetgan.
Izoh (0)