Afg‘oniston janubidagi Gilmend provinsiyasida noma’lum kimsalar blokpostga uyushtirgan hujum oqibatida besh nafar politsiyachi o‘ldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa provinsiya markazi—Lashkargoh shahrida ro‘y berdi: politsiyachilarni avval behush holatga keltirib, so‘ng pichoqlashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiyachilarga tegishli qurollar o‘g‘irlab ketilgan.
Izoh (0)